Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

Yo‘lovchi transportida xizmat ko‘rsatish sifat parametrlari va ularning og‘irligini aniqlash

Botir AbdullaevToshkent davlat transport universiteti
ABI

Аннотация

Yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini baholashni tadqiqotchilar turli parametrlar bilan ifodalaganlar, shuningdek turli davlatlarning me’yoriy xujjatlarida ham turli parametrlar (guruhi) hisobga olingan. Maqola O‘zbekiston uchun yo‘lovchi transporti xizmati sifatini belgilovchi parametrlarni (guruhi) va ularning og‘irligini aniqlash hamda aniqlangan eng og‘ir parametr (guruhi) bo‘yicha yo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholash usulini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Shu sababdan, maqolada yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha dunyo tadqiqotchilari tadqiqotlari o‘rganilgan, shuningdek xorij davlatlarining me’yoriy xujjatlari tahlil qilingan. Tahlil natijalari asosida O‘zbekiston uchun yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini belgilovchi parametrlar guruhi hamda uni tashkil etuvchilari aniqlangan va uning iyerarxiyasi tuzilgan. Transport xizmati ko‘rsatish sifatini belgilovchi parametrlar guruhi tahlil va ekspert so‘rovi usullari asosida asosiy va zarur hollarda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan parametrlar guruhiga ajratilgan. Shuningdek, ekspert so‘rovi usuli yordamida eng og‘ir “Xavfsizlik” parametri (guruhi) ekanligi aniqlangan. “Xavfsizlik” parametri (guruhi) bo‘yicha yo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholash usuli takomillashtirilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба