CROWDSOURCING AND CONVERGENT JOURNALISM: THE ROLE OF AUDIENCE PARTICIPATION IN CONTENT CREATION
Аннотация
Bu maqolada zamonaviy jurnalistikadagi kraudsorsing va konvergent jurnalistika mavzulari chuqur o‘rganilgan bo‘lib, kontent yaratishda auditoriya ishtirokining o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Xususan, auditoriyani yangilik yaratuvchisiga aylantirish imkonini beruvchi kraudsorsing modeli va turli axborot platformalarining uyg‘unlashuvi asosida shakllanuvchi konvergent jurnalistika tendensiyalari muhokama qilingan. Maqolada The Guardian (Guardian Witness) va CNN (iReport) singari yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarining auditoriyaviy kontentdan foydalanish amaliyoti tahlil qilindi. Mahalliy tajriba nuqtayi nazaridan esa O‘zbekiston onlayn OAVda ijtimoiy tarmoqlar va foydalanuvchi yuborgan kontentdan foydalanish darajasi baholandi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, diskursiv yondashuv va kontent tahlil metodlari asosida auditoriya ishtirokining axborot sifati, haqqoniyligi va qamroviga ta’siri aniqlangan. Shuningdek, foydalanuvchi kontenti bilan ishlashda jurnalistik standartlar, axloqiy mezonlar va huquqiy jihatlar bilan bog‘liq muammolar yoritilgan. Maqola yakunida O‘zbekiston OAV uchun kraudsorsing modelini joriy etish yuzasidan amaliy tavsiyalar hamda kelgusidagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari taklif etilgan. Bu tadqiqot yangi media muhiti, fuqarolik jurnalistikasi, ishtirokchi madaniyati va raqamli transformatsiya bilan bog‘liq dolzarb masalalarni yoritib, jurnalistika sohasidagi innovatsion yondashuvlar bo‘yicha nazariy va amaliy asoslar beradi.