Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING “AL-MUFASSAL FI SAN’AT AL-E’ROB” ASARIDAGI SHE’RIY PARCHALAR TASNIFI

Malika Nosirovanternational Islamic Academy of Uzbekistan, doctor of philosophy PhD. Chair of the Uzbek language and classical oriental literatureSaidakhon ASQAROVAInternational Islamic Academy of Uzbekistan, graduate student. Khuroson str. 32/7, 100011, Tashkent
The Maturidiyyajournal2025uz
ABI

Аннотация

Zamaxshariy islom hamda arab tilshunosligiga oid ilmlarda yuqori marralarni zabt etdi. Mahmud Zamaxshariyning “al-Kashshof” asari tafsir ilmidagi shoh asari bo‘lganidek uning “Al-Mufassal fi san’at аl-e’rob” asari arab tili grammatikasi va fleksiyaga oid shoh asar hisoblanadi. Asar yaratilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha jamoatchilik orasida ulkan shuxratga ega bo‘lib kelmoqda. Asarni o‘rganishga bo‘lgan harakat kundan-kunga oshib bordi, buni biz asarga yozilgan sharhlar namunasida ko‘rishimiz mumkin.Ushbu asarni yozishda alloma o‘zigacha yozilgan nahv ilmiga oid kitoblar an’anasiga ko‘ra quyidagi manbalardan foydalangan: Qur’on oyatlari va qiroatlar; hadis matnlari; she’rlar; nahv olimlarining fikrlari; arab qabilalarining shevalari; maqol va matallar. Zamaxshariy bu manbalardan asarda turli maqsadlarda iqtiboslar keltiradi. Ko‘p o‘rinlarda iqtiboslar bir qoidaga misol tariqasida yoki o‘zining fikrini quvvatlovchi dalil sifatida keltirilgan. Ushbu maqolada Mahmud Zamaxshariy o‘zining arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal fi san’at al-e’rob”da foydalangan manbalardan biri – she’riy parchalar tasnifi keltirilgan. Asarda 455 ta bayt keltirilgan. She’riy parchalar ko‘p bo‘lganligi jihatidan bu baytlarning ma’nosi, badiiyatini hamda e’roblarini ochib berish uchun olimlar alohida sharhlar yozishgan. Olim islomgacha bo‘lgan davr shoirlarining she’riy baytlaridan grammatik qoidalarni dalillashda keng foydalangan. Maqolada olim qaysi shoirlarning ijodiga murojaat qilgani o‘rganildi. Shu bilan birga she’riy parchalar qanday maqsadda keltirilishiga qarab tasniflandi. Maqolada asarda keltirilgan she’rlardan bir nechtasi tarjima qilindi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба