Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA TRANSLITERATSIYA VA AMALIY TRANSKRIPTSIYA

Zokhid О. JumaniyozovUrgench State University
ABI

Аннотация

Maqolada o‘zbekcha atoqli otlar, shaxs, joy, muassasa nomlarining chet tillariga, ayniqsa, ingliz va nemis tillariga, aksincha, xorijiy atoqli otlarni o‘zbek tillariga transliteratsiya va transkripsiya qilishdagi muammolar hamda usullar tahlil qilingan. Shuningdek, rasmiy hujjatlardagi o‘zbekcha atoqli otlarning ingliz tiliga rasmiy transliteratsiyasi amaliyotida rus tili va kirill alifbolari transliteratsiya an’analarining ta’siri va zamonaviy standartlashtirish ehtiyoji izohlangan. Asosiy muammolar sifatida bunda o‘zbek tilining o‘ziga xos bir qator harflarining amaldagi xalqaro transliteratsiya standartlariga (ISO 9: 1995, ALA-LC) amal qilmasdan transliteratsiya qilinishi, o‘zbek tili uchun yagona transliteratsiya qoidalarining mavjud emasligi ko‘rsatilgan. Maqolada ISO 9: 1995 xalqaro standartlariga asoslangan milliy transliteratsiya me’yorlarini ishlab chiqish, o‘zbek tili alifbolari uchun mavjud xalqaro transliteratsiya jadvallarini ilmiy hamjamiyat va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha me’yoriy tavsiyalar keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada o‘zbekcha atoqli otlarning zamonaviy nemis tili hamda xorijiy tillardan olingan atoqli otlarning zamonaviy o‘zbek tilidagi amaliy transkripsiyalari o‘zbek va Germaniya OAV materiallari asosida amaliy tahlil qilingan. Mazkur tahlil natijalariga ko‘ra, o‘zbek tili amaliyotidagi amaliy transkripsiyaning status quo holati umumlashtirilib, tavsiflangan hamda uni muvofiqlashtirish borasida takliflar berilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба