METANOL VA TABIIY GAZDAN DIMETIL YOQILG‘ISINI (DME) ISHLAB CHIQARISH VA UNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI TANLASH
Аннотация
Ushbu maqolada muqobil energiya manbalarini barqaror rivojlantirish masalalari hamda zamonaviy motor yoqilg‘ilarini ishlab chiqarish texnologiyalari yoritilgan. Xususan, turli xil sun’iy yoqilg‘ilarni olishda kriogen usullarni samarali qo‘llash, metanol asosida motor yoqilg‘isi ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari, shuningdek, dimetil efirini sintez qilish va yoqilg‘i sifatida dizel dvigatellarida qo‘llash imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada metan gazini konversiya qilish asosida yoqilg‘i olish yo‘llari, dimetil efirini ishlab chiqarishda adiabatik jarayonlarning afzalliklari, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan yechimlar ham ko‘rib chiqilgan.