CHAQILKALON-QORATEPA TOG‘LARIDAGI YAXTON MA’DANLI MAYDONINING MA’DAN MAGMATIK TIZIMLARI
Аннотация
Maqolada Yaxton magmatik-metallogen tuzilmasining geologik va petrokimyoviy xususiyatlari tahlil qilingan. Asosiy magmatik komponentlar — granitoidlar, lamprofirlar va ishqorli bazaltoidlar bir butun magma hosil bo‘luvchi o‘choq bilan bog‘liq holda shakllangani ko‘rsatilgan. Yaxton kompleksi jinslari volfram va oltinga ixtisoslashgan bo‘lib, sheyelit, pirit, arsenopirit kabi minerallar bilan tipomorf assotsiatsiya hosil qiladi. Mintaqada oltin-volframli skarn va apogranitoid ma’danlashuv bir vaqtda rivojlangan. Shuningdek, apokarbonat oltin ma’danlashuvining “intruzivusti” va “teletermal” kichik turlari ajratilgan. Yaxton massivining metallogenetik ahamiyatini va uning Janubiy O‘zbekistondagi minerageniyadagi o‘rnini ochib beradi.
Ҳали таржима қилинмаган