Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

TEMURIY MALIKALARINING DAVLAT BOSHQARUV TIZIMIDA TUTGAN O'RNI.

Adashaliyeva Muxtasar Sobirjon qiziNamangan Davlat Universiteti Tarix mutaxasisligi 1-kurs magistranti
ABI

Аннотация

Mazkur ilmiy maqola Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar saltanatining (XIV asr oxiri – XVI asr boshlari) siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ishtirok etgan malikalarning davlat boshqaruv tizimida tutgan o‘rnini fundamental manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida atroflicha tahlil qilishga bag‘ishlangan. An’anaviy sharq jamiyatlarida xotin-qizlarning roli asosan oila doirasida cheklangani haqidagi umumiy tasavvurlarga qaramay, Temuriylar davlati malikalari, xususan, Saroymulkxonim, Gavharshodbegim va Mihr Nigorxonim kabi shaxslar nafaqat saroy hayotida, balki siyosiy qarorlar qabul qilishda, diplomatik aloqalarni o‘rnatishda, shuningdek, yirik bunyodkorlik va xayriya ishlariga homiylik qilish orqali davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shganlar. Maqolada ularning “ulug‘ onalar” va “shodbegimlar” maqomi doirasidagi amaliy vakolatlari, davlat ishlariga ta’siri, hukmdorlarga maslahatgo‘y bo‘lishi, va ayniqsa, madrasa, masjid, xonaqoh kabi monumental inshootlarni qurishdagi rahnamoliklari chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Temuriy malikalarning faoliyati o‘rta asr Sharq jamiyatida ayollar mavqei ancha yuqori bo‘lganligidan dalolat beruvchi noyob tarixiy hodisa ekanligini tasdiqlaydi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба