O'ZBEKISTONDA PENSIYA HISOBLASHNI TAKOMILLASHTIRISH BO'YICHA ISLOHOT TAKLIFLARI VA AMALGA OSHIRISH STRATEGIYASI
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amaldagi pensiya tizimi va uning hisoblash mexanizmining samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda mavjud tizimning institutsional tuzilmasi, pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligi, o‘rtacha ish haqi va pensiya o‘rtasidagi nisbat hamda indeksatsiya amaliyoti o‘rganilgan. Rasmiy manbalar va xalqaro moliya institutlari (IMF, ILO/ISSA) tavsiyalariga asoslanib, pensiya hisoblash formulalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yangi model pensiyani butun mehnat faoliyati davridagi o‘rtacha ish haqi asosida hisoblash, xizmat yillari uchun bonus tizimini joriy etish, minimal kafolat miqdorini belgilash va pensiyalarni avtomatik indeksatsiya qilish mexanizmini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, pensiya tizimining raqamlashtirilishi, ish faoliyatini davom ettirishga rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar va uzoq muddatli fiskal barqarorlikni ta’minlash strategiyalari ham yoritilgan. Maqolada taklif etilgan islohotlar ijtimoiy adolatni, moliyaviy shaffoflikni hamda pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Ҳали таржима қилинмаган