VALYUTA KURSINING EKSPORT VA IMPORT HAJMIGA TA'SIRI: O'ZBEKISTON MISOLIDA REGRESSIYA MODELI ASOSIDA TAHLIL
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston misolida valyuta kursining eksport va import hajmiga ta’siri ekonometrik regressiya modeli orqali tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi — valyuta kursidagi o‘zgarishlar tashqi savdo hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdir. Tadqiqot uchun 2010–2024-yillar ma’lumotlari asosida log-linear regressiya modeli qurildi. Eksport va import modellari uchun asosiy mustaqil o‘zgaruvchi valyuta kursi (FX), nazorat o‘zgaruvchilar sifatida YAIM (GDP) va inflyatsiya darajasi (INF) ishlatildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, so‘m qadrsizlanishi eksportni oshiradi, importni kamaytiradi va uzoq muddatli savdo balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari valyuta siyosatini tashqi savdo strategiyasi bilan uyg‘unlashtirish zarurligini tasdiqlaydi.
Ҳали таржима қилинмаган