ME'DA OSTI BEZI TUZILISHI, ANATOMIYASI VA KLINIK AHAMIYATI
Аннотация
Me’da osti bezi (pancreas) — inson organizmidagi aralash sekretsiya bezlaridan biri bo‘lib, u ham ekzokrin, ham endokrin funksiyalarni bajaradi. Bezning tuzilishi, joylashuvi va qon ta’minoti uning fiziologik faoliyatini ta’minlaydi. Me’da osti bezi ichak ostida joylashgan bo‘lib, bosh, tana va dum qismlaridan tashkil topgan. Uning ekzokrin qismi ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqaradi, endokrin qismi esa insulin, glukagon va somatostatin gormonlarini ajratib, uglevod almashinuvini boshqaradi. Ushbu bezning tuzilishi va faoliyatidagi buzilishlar qator kasalliklar, xususan, pankreatit, diabet mellitus va o‘smalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun me’da osti bezining anatomiyasi va klinik ahamiyatini chuqur o‘rganish tibbiy amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳали таржима қилинмаган