FERMENTLARNING FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI
Аннотация
Fermentlarning faoliyatini tartibga solish hujayra metabolizmining asosiy mexanizmlaridan biri bo'lib, bu jarayon orqali hujayra energiya, modda almashinuvi va signal uzatishni aniq nazorat qiladi. Ushbu maqolada ferment faolligini tartibga solishning asosiy mexanizmlari – allosterik regulyatsiya, kovalent modifikatsiya (fosforillanish/de-fosforillanish), proteolitik faollashuv (zimogen aktivatsiyasi), izofermentlarning xususiy taqsimlanishi, inhibitor va aktivatorlarning ta'siri, transkripsion va translatsion nazorat hamda kompartmentalizatsiya (hujayra ichidagi joylashuv) keng yoritilgan. Allosterik regulyatsiya misolida glikolizning kalit fermenti fosfofruktokinaza-1 (PFK-1) AMP va ATP nisbati orqali faollashishi ko'rsatilgan. Kovalent modifikatsiya bo'yicha glikogen sintaza va fosforilaza fermentlarining protein kinazalar (PKA, GSK-3) orqali fosforillanishi tahlil qilingan. Proteolitik faollashuvda tripsinogen → tripsin o'tishi va kaspazalar zanjiri misol qilingan. Maqolada shuningdek, ferment faolligini tartibga solishning klinik ahamiyati – saraton, diabet, neyrodegenerativ kasalliklarda buzilishlari va farmakologik maqsad sifatida foydalanish imkoniyatlari muhokama qilingan. Ushbu mexanizmlarning muvozanati hujayra hayotiy faoliyatini ta'minlaydi va ularning buzilishi ko'plab patologiyalarga olib keladi.
Ҳали таржима қилинмаган