Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

YANGI TIPDAGI SOVITISH TIZIMIGA EGA FOTOELEKTRIK-ISSIQLIK QURILMASINING UMUMIY ISSIQLIK-FIZIKAVIY PARAMETRLARINI HISOBIY TADQIQ ETISH NATIJALARI

Habibillo SabirovОʻzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi,S.А. Аzimоv nоmidаgi Fizikа-texnikа instituti,Bosh ilmiy xodim, professorRamazon AliqulovОʻzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi,S.А. Аzimоv nоmidаgi Fizikа-texnikа instituti, Tayanch doktarant
ABI

Аннотация

Maqolada avtonom fotoelektrik-issiqlik qurilmasining issiqlik-fizikaviy parametrlarini hisobiy tadqiq etish natijalari keltirilgan. Qurilma mobil quyosh energetik tizimi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, u ikki asosiy qism — fotoelektr (PV) panel va sovutish tizimidan tashkil topgan. Panelda haroratning ortib ketishi fotoelektr samaradorlikni kamaytiradi, shu sababli suyuqlik aylanuvchi sovutish tizimi qo'llanilgan. COMSOL Multiphysics dasturida issiqlik o'tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish jarayonlari asosida modellashtirish ishlari olib borildi. Hisoblash natijalari panel sirt haroratining kun davomida o'zgarishini, suyuqlik tezligi va radiator samaradorligining dinamikasini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, havo oqimi tezligi ortgan sari issiqlik almashinuvi intensivligi ham ortadi va bu qurilmaning umumiy energiya samaradorligini yaxshilaydi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба