O'SMIRLARDA DEVIANT XULQ SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
Аннотация
Ushbu maqolada o‘smirlar davrida deviant xulq-shakllanishini belgilovchi ijtimoiy va psixologik omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot ijtimoiy muhit, oilaviy munosabatlar, maktab va tengdosh guruhlarining ta’siri, shuningdek, shaxsiy psixologik xususiyatlar (o‘zini baholash, motivatsiya, stressga chidamlilik) bilan bog‘liq determinantlarni aniqlashga qaratilgan. Maqolada mavjud ilmiy tadqiqotlar, nazariy yondashuvlar va amaliy kuzatishlar asosida deviant xulq shakllanishidagi asosiy omillarni belgilash va ularni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va profilaktik ishlarni samarali tashkil etish uchun amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Ҳали таржима қилинмаган