RAHBAR VA XODIM O'RTASIDAGI MULOQOTDA ADAPTIV INTELLEKTNING O'RNI
Аннотация
Annotatsiya. Ushbu maqolada rahbar va xodim o‘rtasidagi samarali muloqot jarayonlarida adaptiv intellektning psixologik va boshqaruv nuqtayi nazaridan tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Adaptiv intellekt shaxsning o‘zgaruvchan ish muhiti, ijtimoiy vaziyatlar va kommunikativ to‘siqlarga moslasha olish qobiliyatini ifodalaydi. Rahbar va xodim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda adaptiv intellektning yuqori darajasi emosional barqarorlik, muloqot samaradorligi hamda konfliktlarni konstruktiv hal etishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, adaptiv intellektning rahbarlik kompetensiyalari, empatiya, ijtimoiy idrok va kommunikativ madaniyat bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari tashkilotlarda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, rahbar-xodim o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni rivojlantirishda adaptiv intellektning ahamiyatini ochib beradi.
Ҳали таржима қилинмаган