Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

"ER MALHAMI" BIOOʻGʻITLARIDAN FOYDALANISHDA ATROF MUHIT OBYEKTLARINI IFLOSLANISHINI GIGIYENIK BAHOLASH

F.I.SalomovaToshkent davlat tibbiyot universitetiG.F.SherkuziyevaToshkent davlat tibbiyot universiteti
ABI

Аннотация

Maqolada “Er Malhami” biooʻgʻitidan foydalanilganda atrof muhitni ifloslanishiga gigiyenik baho berish natijalari keltirilgan. Urugʻlarni qayta ishlash va ekish paytida olingan havo namunalaridagi ifloslanish darajasi mos ravishda 2,1±0,14 mg/m3 va 1,8±0,15 mg/m3 ni tashkil etgan. Sugʻorish vaqtida ishchi maydon havosida “Er Malhami” ning konsentratsiyasi 1,5±0,13 mg/m3 ni tashkil etgan. Ishchi eritmalarni tayyorlash bilan shugʻullanadigan ishchilarning qoʻl va yuzlaridan olingan surtmalarda sezilarli darajada ifloslanish aniqlangan (bu 100 sm2 sirt uchun 31,4±0,21 va 10,1±0,25 mg). Ishchilarning burun va halqum shilliq qavatidan olingan surtmalarda preparat 0,35±0,018 mg, ogʻiz shilliq qavatida esa 0,21±0,010 mg miqdorida aniqlandi. 10 kun ichida ishlov berilgan dalalardan olingan tuproq namunalarida “Er malhami” 10,7 dan 0,3 g/kg gacha, dala chetidagi tuproq namunalarida esa 0,9 dan 0,11 mg/kg gacha saqlanishi aniqlandi. Sugʻorish ariqlaridagi suvda preparat qoʻllanilgan kunida 4,2 mg/l gacha aniqlangan boʻlib, 3-chi kunga kelib "Er malhami" eng kam miqdorda (0,1 mg/l) aniqlangan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба