AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZOLARNI AHAMIYATI VA UNI IJRO ETISH TARTIBI
Аннотация
Maqolada axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazolar institutining huquqiy mohiyati, uning jinoyat sodir etgan shaxsni ijtimoiy jihatdan qayta moslashtirishdagi roli va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil etiladi. Ushbu jazo turi ozodlikdan mahrum qilishga muqobil choralar sirasiga kirib, mahkumning mehnat faoliyati orqali tarbiyalanishini ta’minlash, ijtimoiy foydali faoliyatga jalb etish hamda takror jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Maqolada axloq tuzatish ishlarini belgilash tartibi, uning muddatlari, mehnat sharoitlari, sud hamda Probatsiya xizmati o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmi, shuningdek mahkumning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, jazo ijrosida uchraydigan huquqiy va tashkiliy muammolar, ushbu institutni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Tadqiqot natijalari axloq tuzatish ishlarining nafaqat jazolash, balki ijtimoiy tarbiya, reabilitatsiya va jamiyatga qayta integratsiya qilish kabi ko‘p qirrali vazifalarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola axloq tuzatish jazolari institutini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish va qonunchilikni rivojlantirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.