Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

AYLANA KOVAKKA EGA MURAKKAB KONFIGURATSIYALI PRIZMATIK JISMLARNING SOHA GEOMETRIYASI VA YECHIM TENGLAMALARINI QURISH

Soliha Qarshiyevatayanch doktorant, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
ABI

Аннотация

R-funksiyalar usuliga tayangan holda aylana kovakka ega bo'lgan murakkab konfiguratsiyali prizmatik jismlarning soha geometriyasini ifodalovchi tenglamalarni qurish masalasi tahlil etilgan. R-funksiyalar nazariyasi murakkab shakldagi hududlarni qat'iy analitik ifodada tasvirlash imkonini beruvchi samarali matematik apparat sifatida qaraladi. Maqolada geometrik sohani alohida soddalashtirilgan elementlar majmui orqali emas, balki uning barcha chegaralarini to'liq aks ettiruvchi mantiqiy-algebraik konstruksiyalar asosida aniqlash yondashuvi ilgari suriladi. Aylana kovakka ega prizmatik jismning tashqi va ichki chegaralari R-funksiyalar yordamida yagona, uzluksiz funksional tenglama ko'rinishida ifodalangan. Ushbu yondashuv kuchlanish-deformatsiya holatlarini modellashtirishni yengillashtiradi, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beradi hamda chegaraviy shartlarni aniq va qulay qo'llashni ta'minlaydi. Shuningdek, maqolada aylana kovakning parametrik tavsifi hamda mantiqiy amallar yordamida murakkab geometrik sohani analitik tarzda birlashtirish bosqichlari batafsil yoritilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба