YUQORI TOKLI KONTAKTSIZ O‘ZGARTKICHLARDA QO‘SHNI SHINALAR TOKLARINING NAZORAT-BOSHQARUV TIZIMLARIGA TA’SIRI VA UNDAN KELIB CHIQADIGAN XATOLIKLARNI TAHLILI
Аннотация
Maqolada yuqori kuchlanishli elektr inshootlarida qo‘llaniladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri toklarni o‘lchash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan kontaktsiz ferromagnit o‘zgartkichlarning qurilish tamoyillari, ularning ishlash prinsipi hamda ularga qo‘yiladigan davlat va xalqaro standartlarga mos asosiy talablar batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, taklif etilgan konstruktiv yechim an’anaviy o‘zgartkichlardan farqli ravishda boshqaruv signalining keng diapazonda o‘zgarishini qabul qilishi, o‘lchashning yuqori aniqligi va sezuvchanligi, texnologik soddaligi, material sarfining minimalligi, arzonligi, ixcham o‘lchamlari va kichik vazni bilan ajralib turadi. Shuningdek, maqolada kontaktli bo‘lmagan magnitomodulyatsion o‘zgartkichlarda qo‘shni shinalardan oqib o‘tuvchi mos yo‘nalishli va qarama-qarshi yo‘nalgan toklarning o‘lchash jarayoniga keltiradigan xatoliklari chuqur tahlil qilingan. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qo‘shni shina toklarining magnit ta’siri natijasida yuzaga keladigan xatoliklar o‘lchash nuqtalarining soni hamda magnit palladagi bo‘linishlar soni o‘zgarishi bilan sezilarli darajada farq qiladi. Jumladan, o‘lchash nuqtalari soni o‘n ikkidan ortganda, magnit maydonning bo‘linish zichligiga bog‘liq ravishda xatolik keskin kamayishi yoki aksincha ortishi mumkin. Bu esa o‘zgartkichlarning konstruktiv loyihasida optimal parametrlarni tanlash zarurligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqilgan yangi avlod magnit-modulyatsion kontaktsiz o‘zgartkichlari amaliyotda keng qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lib, sanoat korxonalari, temir yo‘l avtomatikasi, metallurgiya jarayonlari, suv ta’minoti tizimlari, melioratsiya, ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda boshqa tarmoqlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarni kontaktsiz nazorat qilishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Shuningdek, elektr hisoblagichlarni joyida qiyoslash va verifikatsiya qilishda, ayniqsa, katta tokli shinalarda, qo‘shimcha mexanik ulanishlar talab qilinmaydigan holatlarda samarali qo‘llanishi mumkin.
Ҳали таржима қилинмаган