Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

OIV BILAN YASHOVCHI BEMORLARDA TERI OPORTUNISTIK INFEKSIYALARI VA ULARNING ERTA DIAGNOSTIKASI.

Muhammadali Bo'riyevTibbiy profilaktik fanlar kafedrasi mudiriFotima SalomovaTermiz iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi
ABI

Аннотация

Teri oportunistik infeksiyalari Odam Immunitet Tanqisligi Virusi bilan yashovchi bemorlarda kasallikning erta belgilaridan biri bo‘lib, immun tizimning chuqur zararlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotning maqsadi Odam Immunitet Tanqisligi Virusi bilan yashovchi bemorlar orasida uchraydigan teri oportunistik infeksiyalarining klinik ko‘rinishlarini, ularning patogenetik asoslarini hamda zamonaviy erta diagnostika yondashuvlarini ilmiy jihatdan baholashdan iborat. Tadqiqot davomida xalqaro dermatologiya, infeksion kasalliklar va immunologiya adabiyotlarida bayon etilgan ilmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Kandidoz, Kriptokokkoz, Molluskum kontagiozum, Gerpes virusi infeksiyalari, Dermatofitozlar va Stafilokokk etiologiyali teri infektsiyalari eng ko‘p uchraydigan patologiyalar qatoriga kiradi. Ularning kechishi immun tanqislik darajasiga bog‘liq holda og‘irlashadi va murakkablashadi. Erta diagnostika klinik belgilarni chuqur tahlil qilish, mikologik va mikrobiologik tekshiruvlar hamda yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan molekulyar usullar orqali samarali aniqlanishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, teri oportunistik infeksiyalarining o‘z vaqtida aniqlanishi Odam Immunitet Tanqisligi Virusi bilan yashovchi bemorlarning klinik prognozini yaxshilash va hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба