O‘ZBEK TILIDA ANTROPOMORFIK METAFORANING SOTSIOLINGVISTIK TABIATI
Safoyeva Shodiya Ma'ruf qiziNavoiy davlat pedagogika instituti erkin tadqiqotchisiZ.XolmanovaAlisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudirasi, f.f.d.prof
ABI
Аннотация
Insoniyat tarixida til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlik muhim o‘rin tutadi. Til inson fikrining ifodasi va muloqot vositasi bo‘lib, uning rivojlanishi va shakllanishi jamiyatning madaniy, ijtimoiy va tarixiy kontekstlariga bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, metafora tilshunoslik va sotsiolingvistika sohalarining qiziqish doirasida o‘rganiladigan muhim mavzulardan biridir. Ayniqsa, antropomorfik metafora – insoniy xususiyatlarni yoki inson shaklini boshqa ob’ekt, hayvon yoki tushuncha bilan bog‘lash jarayoni – til va madaniyatda keng qo‘llaniladigan, o‘ziga xos usul bo‘lib, insonlarning dunyoni tushunishi va tafakkur qilishida muhim rol o‘ynaydi.
Ҳали таржима қилинмаган
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба