Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

MOVAROUNNAHRLIK MUHADDISLARNING ILMIY SAFARLARI VA SAFAR YO‘LLARI GEOGRAFIYASI

ABI

Аннотация

Bu maqolada, "rihla" so‘zining lug‘at va hadis atamasi sifatidagi ma'nolari tahlil qilinadi. Lug‘atda, "rihla" so‘zi "ko‘rish, sayohat qilish va biror narsaning ortiga minish" degan ma'nolarni anglatadi. Hadis ilmining o‘rganilishi doirasida esa "ar-rihla fi talabul-hadis" deb atalib, hadisni o‘rganish, roviyni bilish va mashhur muhaddislardan rivoyat oli sh uchun safarga chiqish maqsadini bildiradi. Bu safarga chiqqan kishilarga "rohil" deyilsa, ko‘p sayohat qilganlarga esa "rahhol" yoki "javvol" nomi berilgan. Fuat Sezginning fikriga ko‘ra, rihla hadislarni jamlash, muhim muhaddislar bilan uchrashish va hadis haqida ma'lumot olish maqsadida amalga oshirilgan ilmiy sayohatni ifodalaydi. Sharqshunos Ignaz Goldziher esa rihlaning dastlabki uch asrdagi og‘zaki hadislarni yig‘ish faoliyati sifatida ahamiyatini ta'kidlaydi. Maqolada rihlaning hadis ilmining tarixi va rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Movarounnahrlik muhaddislarning ilmiy sayohatlari geografiyasi hamda bu hududda hadis ilmini rivojlanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar tahlil qilinadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба