O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA (JST) A’ZO BO’LISHINI IQTISODIY BAHOLASH
Аннотация
Ushbu tadqiqot ishi Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishini umumiy baholab, asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarda, yaʼni YaIM, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM, savdo va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kabilarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni sifatli yondashuvdan foydalangan holda oʻrganadi. JST nima bilan shug’ullanadi va nima uchun davlatlar unga a’zo bo’lishi kerakligini tushunish uchun ushbu tashkilotning tashkil etilishi uning yillar davomida qanday rivojlangani, JST qanday funksiyalarga ega ekanligi va davlatlar ushbu tashkilotga qanday a’zo bo’lganligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Tahlil va taqqoslash uchun Rossiya va Xitoyning tajribalari JSTga a’zo bo’lganidan keyin vaqt o’tishi bilan yirik iqtisodiyotlar qanday rivojlanishini yaxshiroq tushunish uchun qo’shildi. O’rinliroq taqqoslash uchun qo’shni davlatlar – Qirg’iziston, Qozog’iston va Tojikistonning qo’shilishdan oldingi va keyingi davrlari ham misol tariqasida keltirildi. Maqola davomida JSTga a’zolikning istiqbollari, imkoniyatlari va muammolari ham muhokama qilinadi.