ASQAD MUXTORNING “TUNDALIKLAR”DA MUALLIF USLUBI VA MAHORATI
Аннотация
Bugungi kunda internet rivojlangani sayin, bosma nashrlarni teraji sezilarli darajada tushib bormoqda. Bu borada shoir-yozuvchilarning ijodini, muharririlik mahoratini o‘rganish, ijod labaratoriyasini tadqiq qilib, yangi ilmiy xulolsalar berish har qachongidan muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Asqad Muxtor publitsistikasi ko‘lami ilmiy ish uchun munosib asos desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Publitsistik asarlarini mazkur yo‘nalishda tahlil etishda jurnalistikada mavzu, sarlavha tanlash mahorati, undagi g‘oya, ijtimoiy obraz topish kabi nazariy savollarga yechim topishda xizmat qiladi. Shu boisdan ham milliy jurnalistikamizda yaqin o‘tmishda ijod qilgan Asqad Muxtor kabi so‘z kishilarining mumtoz yo‘llarini o‘rganish davr talabi hisoblanadi. Xususan, mazkur tadqiqotimizda Asqad Muxtor ijodining bir qismi hisoblangan publitsistikasiga kasb nuqtayi nazardan yondashuvimiz ham dolzarb masalalardan biridir.