ESP – O‘ZBEKISTONDA FANNING YANGI YO‘NALISHI
Аннотация
Hozirda kasbga yo’naltirilgan ingliz tili (ESP) butun dunyoda xorijiy tillarni o’rganishga doir dolzarb masalaga aylandi. U umumiy ingliz tilidan asosan maqsadiga qarab farq qiladi. Aytmoqchimanki, ESP o'rganuvchilari allaqachon ingliz tilining asosiy bilimlariga ega, ular faqat professional ko'nikmalar va funksiyalarni o'rganishni xohlashadi, umumiy ingliz tilini o'rganuvchilar esa grammatika va jumlalar tuzilishini o'rganadilar. ESP kursi talabalarning ehtiyojlari, qiziqishlari va istaklariga qaratilgan, shuningdek, zaif tomonlarini aniqlaydi va dars davomida muammolarni hal qilish uchun yechimlarni topadi. Bu soha bank, turizm yoki biznesdan tortib tibbiyotgacha bo'lgan turli mavzularni qamrab oladi. Bu kombinatsiya talabalarni o'z sohalarida o'rgangan narsalaridan foydalanishga undaydi.