Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

XALQARO HUQUQNING TADRIJIY RIVOJLANISHIDA FUNDAMENTAL ASARLARNING OʻRNI

ABI

Аннотация

Ushbu maqola XI asrda yashab ijod qilgan Muhammad ibn Ahmad Abu Bakr Saraxsiyning hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan. Unda Saraxsiyning huquqshunos sifatida xizmatlari bayon etiladi. Saraxsiy islom huquqining rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshish bilan birga, islom olamida birinchi boʻlib xalqaro huquq yoʻnalishiga asos solgan. Saraxsiy asarlarida norma ijodkorligi, huquqni tushunish metodologiyasi, huquqning ilmiy nazariy va amaliy masalalari batafsil yoritilgan. Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston «Xalqaro huquq otasi» deb nom olgan zabardast olim Muhammad ibn Ahmad Saraxsiy asarlari tufayli xalqaro huquq tugʻilgan vatandir. Saraxsiy arab olimi Muhammad Shayboniyning «Xalqaro huquq kitobi»ga sharhlar yozish asnosida birinchi boʻlib «siyar» — «xalqaro huquq»ni huquqning alohida va mustaqil sohasi sifatida taʼriflagan. Xalqaro huquqda Imom Saraxsiyning oʻrni beqiyos ekanligini nafaqat Sharq olami balki, Gʻarb olami ham tan olib kelmoqda. Imom Saraxsiy har tomonlama chuqur tahlil ostida Muhammad Shayboniyning as-Siyar al-Kabir asariga bergan fundamental taʼrifi hali hamon xalqaro huquq uchun asosiy ustun boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Imom Saraxsiy nafaqat xalqaro huquq sohasida balki, Islom huquqi sohasida ham mumtoz adabiyotlarni meros qilib qoldirgan. Ushbu jarayonlarni umumlashtirgan holda Oʻrta asrlar musulmon olamida toʻplangan ilmiy bilimlar gʻarbda Uygʻonish davrini tayyorlash uchun asosiy fundament vazifasini bajarganligini koʻrishimiz mumkin.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба