YANGI OʻZBEKISTONDA QADRIYATLARNING QAYTA TIKLANISHI
Аннотация
Yangi Oʻzbekistonda qadriyatlarning qayta tiklanishi, jamiyatning rivojlanishida muhim oʻrin tutadigan qadriyatlar tizimining oʻzgarishlarini oʻrganadi. Ushbu maqolada qadriyatlar turli jihatdan tahlil qilingan boʻlib, ularning tabiatdan tortib madaniy, maʼnaviy, iqtisodiy va siyosiy qadriyatlar bilan bogʻliq oʻzgarishlari yoritilgan. Yangi Oʻzbekistonda inson qadri va uning huquqlari ustuvorligini taʼminlash, ayniqsa, jamiyatning maʼnaviy-ijtimoiy asoslarini mustahkamlash va ilm-fan, taʼlim tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlar tahlil etilgan. Shuningdek, qadriyatlar va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, iqtisodiy va siyosiy erkinliklar, milliy oʻzlikni saqlashning muhimligi haqida soʻz boradi.