MULKIY SOLIQQA TORTISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
ABI
Аннотация
Mazkur maqolada mulkiy soliqqa tortish tizimini takomillashtirish boʻyicha xorijiy davlatlarning tajribasi tahlil qilingan. Xususan, AQSh, Kanada, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarda qoʻllanilayotgan kadastr baholash mexanizmlari, soliqqa tortish stavkalari va iqtisodiy taʼsir koʻrsatuvchi yondashuvlar oʻrganilgan. Maqolada soliqqa tortishning iqtisodiy samaradorligini taʼminlash, soliq yukining teng taqsimlanishi va hududiy rivojlanishga koʻmaklashuvchi modellarning afzalliklari yoritilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda mulkiy soliqqa tortish tizimini takomillashtirish va milliy iqtisodiyotga moslashtirish uchun muhim metodologik asos sifatida tavsiya etiladi.
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба