Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SAZOG‘ON-3 NEOLIT MAKONI SAZOG‘ON MADANIYATI YODGORLIKLARI TIZIMIDA (MADANIY-DAVRIY, TIPOLOGIK TAHLIL, TEXNOLOGIYA)

Zarifa XolmatovaО ‘zRFA Milliy arxeologiya markazi
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada 0 ‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag'rida joylashgan Sazog‘on-3makoni moddiy madaniyati yoritilishi nazarda tutilgan. Bunda aniqlangan moddiy madaniyatning o‘ziga xosxususiyatlari bilan birga tosh qurollarining tipologik tahlili, yasalish texnikasi, xom ashyosi, ishlov berilishiusullari masalalariga e’tibor qaratilgan. Yodgorlik 2017-yildan buyonN. 0 ‘. Xolmatov rahbarligidagi ilmiy guruhtomonidan tadqiq etilib kelinmoqda. Qazilma ishlari jarayonida 100 dan ortiq tosh artefaktlar, qiziqarli sopol idishparchalari qo‘lga kiritilgan. Garchi, bu materiallar asosida yodgorlik madaniy -davriy talqini borasida dastlabkimulohazalar bildirilgan bo‘lsada, biroq tosh industriyaning o‘ziga xos xususiyatlari, tosh qurollaming tipologiktahlili, ulaming yasalish texnikasi, ishlov berilishi usullari, xom ashyosi to‘g‘risida to'laqonli ma’lumotlarberilmagan. Shu bois, yangi materiallar asosidagi ushbu ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilishi maqolaningmaqsadi hisoblanadi. Tosh artefaktlar 0 ‘rta Osiyo neolit yodgorliklari, xususan Sazog'on madaniyati yodgorliklarimateriallari kontekstida qiyosiy tahlil etildi. Tip varaqa ishlab chiqildi, tipologik tahlil asosida yodgorlik toshindustriyasining o‘ziga xos xususiyatlari asosida Sazog‘on-3 yodgorliginig madaniy-davriy masalasi haqidagima’lumotlar tizimlashtirildi. Shu asnoda, Sazog‘on-3 makoni materiallari asosida quyidagi ilmiy xulosalamikeltirish mumkin: 1. Sazog‘on-3 yodgorligi kishilik tarixi tosh asri neolit davri jamoalari moddiy madaniyatigategishli makon hisoblanadi. 2. Yodgorlik tosh industriyasining xarakteri, tosh qurollarining tipologik tahlili, toshqurollarining yasalish texnikasi, ishlov berilishi usullari, xom ashyosi ma’lumotlari uni Sazog‘on madaniyatigategishli ekanligini ko‘rsatdi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба
Кўрсаткичлар — AkademScholar · Тез орада