EMIZIKLI ONALARDA GIPOGALAKTIYA RIVOJLANISHINING YETAKCHI OMILLARI
Аннотация
Dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida ko'krak suti bilan oziqlantirishni saqlab qolish muammosi haqiqatan ham pediatriya ilmining eng muhim masalalaridan biriga aylandi [3,9]. Agar 90-yillarda emizish davomiyligi 6 oygacha atigi 9,0% ni tashkil yetgan bo'lsa [3], so'nggi yillarda bu ko'rsatkich sezilarli darajada ortdi - 26,4% (UNICEF, MICS-2006). Tadqiqot maqsadi. Emizikli onalarda TTA uning laktatsiya funktsiyasining shakllanishiga ta’sirini o’rganish. Tadqiqot materiali va usullari.Asosiy guruhga turli darajadagi kamqonlik bilan og'rigan 241 nafar emizikli onalar kiritildi: I daraja ( yengil) 132 (54,8%) ayollarda gemoglobin (Hb) miqdori 96,7±0,32 g/l va eritrotsitlar soni 3,67±0,018 x 1012 /l, II darajadagisi 84 nafar ayollardan iborat bo’lib, (34,9%) Hb miqdori (78,4 ± 0,91g/l) va eritrotsitlar soni (3,09 ± 0,027х1012/l), III daraja (og'ir) anemiya bilan hastalangan 25 ta nafar ayolda (10,3%) Hb miqdori (62,3±0,60 g/l) va eritrotsitlar soni (2,74±0,22x1012/l) tashkil etdi. Tadqiqot natijalari anemiyaning darajasini gematokritni aniqlash usuli orqali o’rganildi. ("Syueltirish effekti"), zardobdagi temir miqdori, umumiy temirni bog'lash qobiliyati, ferritin, transferrinni to'yiniish kоeffitsienti, o'rtacha konsentratsiyasi va bitta eritrotsitdagi gemoglobin tarkibi, bir eritrotsitning o'rtacha hajmi hisoblab topildi. Emizikli onalarda TTA ning darajalari kuchaygan sari kunlik sut hajmi (ml / kun) (ml / min) tobora kamyishi, vaqt birligi ichida ona sutining ajralishi va bolalarni ko'krakka tutish sonining mutanosib pasayishi kuzatildi. Xulasalari. 1. Emizikli onalarda TTA ning darajalar kuchaygan sari kunlik sut hajmi miqdorining (ml / kun) (ml / min) tobora kamayishi, vaqt birligi ichida ona sutining ajralishi va bolalarni ko'krakka tutish sonining mutanosib pasayishi kuzatiladi. 2. Laktatsiya davrida ТТA bilan xastalangan emizikli onalarda gipogalaktiyaning kechikkan shakllari ko'p kuzatiladi (laktatsiya susayishi va uning kech shakli fo’nida), sutkalik sut miqdori ≥ 50,0% ni tashkil qiladi, bu esa makro va mikroelementlar asosida surunkali ovqatlanish buzilishining postnatal shakllarini rivojlanishi uchun asos bo’ladi.