BOʻLAJAK TEXNOLOGIYA FANI OʻQITUVCHISI KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Аннотация
Zamonaviy taʼlim tizimi davomiy oʻzgarishlar va texnologik taraqqiyotlar bilan yuzlashmoqda. Shu bilan birga, taʼlim jarayonining samaradorligini oshirish uchun oʻqituvchilarning kompetensiyalarini doimiy ravishda rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Texnologiya fani oʻqituvchilarining kasbiy malakalari va pedagogik koʻnikmalarini rivojlantirish, taʼlim jarayonining sifatini oshirish uchun eng muhim omillardan biridir. Bugungi kunda texnologiya fanining oʻqituvchilari nafaqat anʼanaviy pedagogik metodlarni, balki zamonaviy raqamli texnologiyalarni ham oʻzlashtirishi kerak. Shunday qilib, boʻlajak texnologiya fani oʻqituvchilari uchun nafaqat metodik bilimlar, balki innovatsion pedagogik usullarni qoʻllay olish qobiliyati, shuningdek, raqamli va texnologik vositalardan samarali foydalanish kabi kompetensiyalarni rivojlantirish zarur. Maqolada boʻlajak texnologiya fani oʻqituvchisi kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Boʻlajak texnologiya fani oʻqituvchisi kompetensiyalarini rivojlantirishning turli aspektlari, shu jumladan, innovatsion pedagogik yondashuvlar, malaka oshirish tizimlari, texnologik vositalardan samarali foydalanish, amaliyot almashishning ahamiyati yoritib beriladi. Bu jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi va samaradorligi oʻqituvchilarni kasbiy rivojlanishda yangi yuksakliklarga olib chiqish imkonini yaratadi.