Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

«KO‘Z» KONSEPTINING QIYOSIY JIHATDAN REPREZENTATSIYASINING VERBAL VOSITALARI (Rus va o‘zbek tillari misolida)

ABI

Аннотация

Mazkur tadqiqot rus va o‘zbek tillaridagi "ko‘z" konseptining qiyosiy jihatdan reprezentatsiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. "Ko‘z" konsepti insonning psixologik, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi universal tushunchadir. U turli tillarda lingvokognitiv va lingvokultural xususiyatlarini aks ettiradi. Tadqiqotda "ko‘z" konseptining rus va o‘zbek tillaridagi verbal vositalar orqali ifodalanish usullari, mazmuniy qatlamlari, frazeologik birliklari, metaforik hamda metonimik ma'nolari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, "ko‘z"ga oid iboralar va so‘z birikmalarining semantik maydoni, ularning milliy-madaniy xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida "ko‘z" konseptining rus va o‘zbek tillarida umumiy va o‘ziga xos jihatlari aniqlanib, tillarning madaniy va kognitiv qarashlari qanday farqlanishi va o‘xshashligi namoyon qilinadi. Bu esa ikki til va madaniyat o‘rtasidagi lingvistik bog‘liqlikni va tafovutlarni chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Mazkur ish tilshunoslik, madaniyatshunoslik hamda tarjimashunoslik sohalariga oid nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, til o‘rganuvchilari va mutaxassislar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба
Кўрсаткичлар — AkademScholar · Тез орада