Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

“BAXSHIYONA” TURKUMI: SHAKLLANISH OMILLARI VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

ABI

Аннотация

Maqolada hozirgi kunda adabiyotshunosligimiz oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo‘lgan folklor an’analari sintezi asosida yaratilgan baxshiyona asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanish omillari va funksional xususiyatlari yoritildi. Ushbu maqsadga erishish uchun Mirtemir, Usmon Azim, Halima Xudoyberdiyeva, Xurshid Davron, Faxriyor, Sharifa Salimova, Rauf Subhon kabi shoirlar ijodidagi baxshiyona uslubida yaratilgan asarlar qiyosiy tahlil qilindi hamda “Baxshiyona” turkumi xalq dostonlari va termalari stilizatsiyasi asosida yaratilganligi asoslandi, xalq dostonlari stilizatsiyasi jarayonidagi modifikatsiyalar aniqlandi. Baxshiyona asarlarda xalq dostonlari syujetidan ijodiy foydalanish, an’anaviy mifologik obraz va motivlarni, ritmni stilizatsiya qilish orqali ramziy-estetik mazmunni ifodalash maqsadi ustuvor ekanligi tahlillar orqali yoritildi. Baxshiyona asarlar ijtimoiy-siyosiy voqelikdagi turli omillar ta’sirida shakllanganligi ochiqlandi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба