Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

G.A. DOLGAYANING “O‘RTA DUNYO XUDOLARI” ROMANIDAGI O‘RTA OSIYO RAMZLARI

ABI

Аннотация

Badiiy adabiyotdagi ramzlar mualliflarga chuqur ma’nolarni yetkazish, emotsional reaksiyalarni uyg‘otish va o‘quvchilarni matnni ko‘p bosqichli talqin qilishga undash imkonini beruvchi kuchli vositadir. Maqolada bir qator nazariyotchi olimlar, jumladan, A.N.Veselovskiy, F.de Sossyur, G.Garipova, K.G.Yung va boshqalarning adabiy ramzlar xususidagi nazariy yondashuvlariga e’tibor qaratilgan. G.A.Dolgayaning “O‘rta dunyo xudolari” fantastik romani misolida to‘rtta toifadagi belgilar tahlili o‘tkazildi: tabiat hodisalari, obyektlar, hayvonlar va mavhum tasvirlar. Asosiy belgilarning ma’nolari, jumladan, daryo (vaqt), tumor (taqdir), qarg‘a (omen), shuningdek, yerto‘la (qo‘rquv va noma’lum) kabi belgilar ko‘rib chiqildi. Romanda taqdim etilgan ramzlar arxetipik va mintaqaviy ma’nolarni o‘zida birlashtirib, bir necha darajalarda ishlaydi. Ular mifologik, tarixiy va madaniy jihatlarni o‘zida mujassam etgan ko‘p qatlamli hikoya yaratadi, asarni keng o‘quvchilar ommasiga tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба