K. PALЕNNING TAFTISH MATЕRIALLARIDA SAMARQAND VILOYATIDAGI TOG‘-KONCHILIK ISHLARI XUSUSIDA
Аннотация
XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining Turkiston mintaqasida olib borgan yer osti boyliklarini tasarruf etish bilan bog‘liq strategiyasi muhim o‘rin tutgan edi. XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida taftish o‘tkazgan senator K. Palenning faoliyati o‘ziga xos bo‘lib, u togʼ-kon ishlarining yo‘lga qo‘yilishi borasidagi hisobotida sohaga oid maʼlumotlarni umumlashtirishga harakat qilgan edi. Imperiya hukumati tabiiy zahiralarni qayta ishlashdan keladigan foydani to‘liq nazorat qilish maqsadida minerallar uchrashi mumkin bo‘lgan yerlarni tadbirkor va sarmoyadorlarga bo‘lib berishga harakat qilgan. Rossiya imperiyasi dastlabki davrlarda ko‘pgina konlardan aholining foydalanishiga yo‘l qo‘yib berilgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ahamiyati va ko‘lami jihatidan yirik bo‘lgan konlar mustamlaka davlat ixtiyoriga olina boshlagan. Bu esa asosan tirikchiligi konchilik bilan bog‘liq bo‘lgan aholining shusiz ham qiyin ahvolini yanada og‘irlashtirgan edi. Maqolada ushbu jarayonlar bilan bogʻliq masalalar rasmiy manbalar asosida tahlil etiladi.