OILA TUSHUNCHASINING LINGVOKOGNITIV TASNIFI
Аннотация
Tadqiqotning maqsadi «oila» tushunchasining lingvokognitiv talqinini tizimli ravishda tavsiflash, uning turli madaniy va lingvistik kontekstlardagi aks etish xususiyatlarini o'rganishdir. Mazkur maqola oila tushunchasining lingvokognitiv tasnifini Britaniya va Amerika lingvokulturolaridagi o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda oila universal-ijtimoiy-biologik lingvomental subsferasining lug‘aviy va frazeologik birliklari qiyosiy o‘rganilgan. Maqsad – Britaniya va Amerika lingvokulturolaridagi oila tushunchasining lingvokognitiv kategoriyasini aniqlash va ushbu tushunchaning madaniy, ijtimoiy va tarixiy kontekstdagi umumiy hamda farqli jihatlarini yoritishdir. Tadqiqotda, shuningdek, oila tushunchasining kognitiv tuzilishi va uning madaniy qadriyatlar bilan bog'liqligi o'rganiladi.