Business intelligence tizimlarida Pareto-optimal qaror qabul qilish uchun o‘z-o‘zini moslashtiruvchi agentlar modeli
Аннотация
Ushbu maqolada Business intelligence tizimlarida qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida Pareto-optimal yondashuvi va o‘z-o‘zini moslashtiruvchi agentlar konsepsiyasi taklif etilgan. Business intelligence tizimlari zamonaviy tashkilotlar uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Shunday bo‘lsada, an’anaviy yondashuvlar ko‘p hollarda qaror qabul qilish jarayonining samaradorligini oshirishda cheklovlarga ega. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun maqolada ko‘p agentli tizimlar asosida ishlab chiqilgan yangi model taqdim etiladi.Taklif etilayotgan modelda o‘z-o‘zini moslashtiruvchi agentlar ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish orqali Pareto-optimal qarorlarni shakllantiradi. Bu yondashuv Business intelligence tizimlarining moslashuvchanligini oshirish, turli omillarni hisobga olgan holda eng maqbul qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Maqolada o‘z-o‘zini moslashtiruvchi agentlarning roli, ularning funksional imkoniyatlari va Pareto-optimal yondashuvning afzalliklari batafsil yoritilgan.Eksperimental natijalar asosida taklif etilgan modelning samaradorligi baholanib, an’anaviy Business intelligence tizimlariga nisbatan ustun jihatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, o‘z-o‘zini moslashtiruvchi agentlar asosidagi Pareto-optimal yondashuvi Business intelligence tizimlarida qaror qabul qilish jarayonining tezligi, aniqligi va moslashuvchanligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, mazkur model Business intelligence tizimlarini yanada samarali va intellektual boshqarish uchun istiqbolli yechim sifatida qaralishi mumkin.