OʻZBEKISTONDA “YASHIL”MOLIYALASHTIRISHGA OʻTISHNING IQTSODIY-HUQUQIY ASOSLARI
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirishning huquqiy asoslari oʻrganilgan. Yashil moliyalashtirish ekologik barqarorlikni ta’minlash va iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashishda muhim vosita sifatida qaraladi. Oʻzbekistonning bu boradagi tashabbuslari va huquqiy normativ hujjatlari, xususan, “yashil”obligatsiyalar, ekotizimlarni saqlash va qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada Oʻzbekistonning yashil moliyalashtirishni rivojlantirish uchun qoʻygan strategik maqsadlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ushbu sohada huquqiy tizimning takomillashtirilishi va yurtimizda yashil iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zaruriy chora-tadbirlar taklif qilinadi.