ZAMONAVIY IQTISODIY TARGʻIBOT VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
ABI
Аннотация
Targʻibot sistemasi tarixiy davrlarda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot paradigmalariga mutanosib ravishda oʻzgarib va takomil topib borarkan, yigirmanchi asrning soʻnggi choragidan boshlab, oʻta murakkab xarakter kasb qila boshladi. Zamonaviy jamiyatda turli maqsadlarga xizmat qiladigan, turli natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan bir necha targʻibot sistemalari mavjud boʻlib, ularni maqsadiga qarab iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-mafkuraviy, maʼnaviy targʻibot sistemalariga tasniflash mumkin. Maqolada mazkur zamonaviy targʻibot sistemalarining mazmuni va maqsadi, ijtimoiy vazifalari va namoyon boʻlish shakllari bayon etiladi.
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба