OLIY TAʼLIM MUASSASASIDA BOKS MURABBIYLARINI KASBGA YOʻNALTIRISH TIZIMINING XUSUSIYATLARI
Аннотация
Maqolada oliy taʼlim muassasalarida boks murabbiylarini kasbga yoʻnaltirish tizimining mazmuni,tuzilmasi va amaliyotdagi qoʻllanilish xususiyatlari keng yoritilgan. Muallif kasbga yoʻnaltirish tushunchasinipedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi sifatida koʻrib chiqadi va uning boks murabbiyi kasbiy faoliyatigamoslashtirilgan modelini ishlab chiqishga harakat qiladi. Tadqiqot davomida sport sohasi, xususan, boks boʻyichamutaxassis tayyorlashda kasbga yoʻnaltirish tizimining psixologik, pedagogik, ijtimoiy va amaliy omillari chuqurtahlil etilgan. Shuningdek maqolada boks murabbiylarining kasbiy qiziqishlarini shakllantirish, kasbiy faoliyatganisbatan ijobiy motivatsiyani rivojlantirish, murabbiylik faoliyatiga zarur kompetensiyalarni bosqichma-bosqichegallash jarayoni oʻrganilgan. Oliy taʼlim jarayonida nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar uygʻunligini taʼminlash,oʻquv dasturlarining zamonaviy talablar asosida takomillashtirilishi, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va joriyetish zarurligi asoslab berilgan. Muallif tomonidan taqdim etilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar boksmurabbiylarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatidashakllantirish, kasbiy oʻsishlarini taʼminlashga xizmat qiladi. Mazkur maqola sport pedagogikasi, kasbgayoʻnaltirish metodikasi hamda murabbiylik faoliyatining zamonaviy tamoyillarini chuqur oʻrganishga qaratilganboʻlib, ushbu yoʻnalishda izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va amaliyotchilar uchun muhim ilmiy-uslubiymanba boʻlib xizmat qiladi.