ZAMONAVIY LINGVISTIK MADANIYAT KONTEKSTIDA "SPORT DISKURSI" TUSHUNCHASINING NAMOYON BOʻLISHI
Аннотация
Mazkur maqola zamonaviy lingvistik madaniyat doirasida sport diskursining koʻp qirraliligini tahlilqiladi. Tadqiqot sport tilining strukturaviy, funksional va pragmatik jihatlarini, leksik va diskurs turlarini hamdakommunikativ strategiyalarini oʻrganishga qaratilgan. Interdisipliner yondashuv asosida sportni inson irodasi,xarakteri va jismoniy salohiyatini rivojlantiruvchi vosita sifatida koʻrib chiqiladi. Maqola sport kommentariyasi vamuloqot shakllarining institutlashgan diskursdagi oʻrnini ochib beradi. Natijalar milliy tilni boyitish, ijtimoiyqadriyatlarni aks ettirish va global tendensiyalarni yoritishda qoʻllaniladi. Ushbu tadqiqot natijalari akademik vaamaliy sohalarda sport muloqotining yanada chuqur oʻrganilishi va qoʻllanilishiga xizmat qiladi. Shu bilan birgaglobal kontekstda sport diskursining evolyutsiyasi va uning jamiyat hayotiga taʼsiri keng yoritilgan.