TIJORAT BANKLARI TRANSFORMATSIYASI BORASIDA NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLAR
Аннотация
COVID-19 epidemiyasi natijasida raqamli iqtisodiyotning butun Jahon iqtisodiyotida kengtarqalishini tezlashtirdi, bu esa moliya sohasida “kontaktsiz” xizmatlarga talabning keskin oshib ketishiga olibkeldi. Va buning natijasida tijorat banklari transformatsiyasiga talab ortdi. Ushbu maqolada tijorat banklariningtransformatsiya jarayoni, uning nazariy negizlari va huquqiy jihatlari atroflicha oʻrganilgan. Avvalo, banktizimining iqtisodiyotdagi oʻrni, tijorat banklarining vazifalari va ular faoliyatidagi zamonaviy oʻzgarishlar tahlilqilingan. Transformatsiya tushunchasi, uning turlari va bosqichlari, shuningdek, bank tizimida raqamlitexnologiyalarni joriy etish orqali amalga oshirilayotgan islohotlar ilmiy asosda yoritilgan.Undan tashqari maqolada Oʻzbekistonda tijorat banklari transformatsiyasining huquqiy bazasi, xususan, “Banklarva bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida tahlil qilingan.Shu bilan birga, xalqaro amaliyotdagi yutuqlar va ularning milliy bank tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari koʻribchiqilgan.Ishning dolzarbligi shundaki, u bank sektoridagi zamonaviy islohotlarning nazariy-huquqiy asoslarini chuquroʻrganish va ularni amaliyotda samarali tatbiq etishdagi masalalarga bagʻishlangan. Xulosalar va takliflar orqalibank tizimini yanada mustahkamlash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.