RAQAMLI TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMLARINI “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ XOLDING TASHISH JARAYONI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA INTEGRATSIYALASHUVI JIHATLARI
Аннотация
Mazkur maqolada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (“O‘TY” AJ) xoldingining raqamli transport-logistika tizimlariga o‘tish jarayoni, bu tizimlarni axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi hamda bu jarayonning amaliy va strategik jihatlari yoritilgan. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish orqali transport xizmatlarining samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash, xizmat sifati va tezkorligini yaxshilash kabi ustuvor yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, “ASOUP-2” kabi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, mobil qurilmalar orqali xizmat ko‘rsatish, qog‘ozsiz hujjat aylanishi, elektron savdo platformalari va “eshikdan eshikkacha” xizmat ko‘rsatish konsepsiyasi muhim yangiliklar sifatida taqdim etilgan. Integratsiyalashuvning afzalliklari va kamchiliklari alohida tahlil qilingan.