Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

REPRODUKTIV FAOLIYATDA QIN MIKROBIOMINING AHAMIYATI

ABI

Аннотация

Soʻnggi yillarda inson mikrobiomiga tobora koʻproq eʼtibor berilmoqda. Sekvensiyaga asoslangan texnologiyaning yaratilishi avval muhitlarga ekish orqali aniqlash qiyin boʻlgan koʻp sonli bakteriyalarni aniqlash imkonini berdi. Mikrobom diagnostikasi fanning asosiy yoʻnalishi sifatida paydo boʻldi, shu bilan birga reproduktiv tibbiyot ham rivojlandi. Ayniqsa, implantatsiya yetishmovchiligi sabablarni tadqiq qilish va davolash imkoniyatlari bilan bogʻliq tadqiqotlar koʻpaydi. Shunday qilib, vaginal mikrobiom bepushtlikka taʼsir qiluvchi omil sifatida muhokama qilinadi va davolash imkoniyatlari uchun istiqbolli yoʻl hisoblanadi. Ushbu sharh qin mikrobiomining reproduktiv natijalarga taʼsirini koʻrsatuvchi zamonaviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qiladi. Laktobakteriyalar ustun boʻlmagan mikrobiom disbioz bilan hatto bacterial vaginoz bilan bogʻliq ekanligi koʻrsatilgan, Ushbu nomutanosiblik implantatsion yetishmovchilik, odatlangan homila tushishi, rivojlanmagan homiladorlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli, mikrobiomni tekshirish hamda antibiotiklar va/yoki probiotiklar bilan birgalikda davolash reproduktiv natijalarini yaxshilash usuli boʻlishi mumkin.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

Кўрсаткичлар — AkademScholar · Тез орада