HUDUDLARDA KICHIK BIZNES SOHASI RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING IFODALAOVCHI EKONOMETRIK MODELLARNI TUZISH VA ULARNI KOMPLEKS BAHOLASH
Аннотация
Ushbu ilmiy tadqiqotda hududlar kesimida kichik biznesning rivojlanish jarayonlarini statistik jihatdan chuqur tahlil qilish, mavjud tendensiyalarni aniqlash va ular asosida ekonometrik modellarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor O‘zbekistonning turli viloyatlarida kichik biznes faoliyatining o‘sish sur’atlari, ularning tarkibiy ko‘rsatkichlari (yangi tashkil etilgan subyektlar soni, bandlik darajasi, yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi va h.k.) hamda iqtisodiy omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot davomida korrelyatsion va regressiyaviy tahlil usullari qo‘llanilib, kichik biznesga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar (soliq yengilliklari, kredit resurslariga kirish, infratuzilma darajasi va boshqalar) aniqlab berildi. Ekonometrik modellash orqali bu omillar ta’sirining miqdoriy bahosi aniqlandi va hududiy farqlarning sabablari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, kichik biznesni hududlar darajasida kompleks baholash indeksi shakllantirildi. Ushbu indeks yordamida hududlar o‘rtasida solishtirma tahlil o‘tkazilib, rivojlanishning asosi omillari hamda muammoli nuqtalari aniqlandi. Shuningdek, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.