RAQAMLI DALILLARNI TOʻPLASH VA TAHLIL QILISHDA INTERPOL VA EUROPOL TAJRIBASI: OʻZBEKISTON UCHUN AMALIY AHAMIYATI
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli dalillarni toʻplash va tahlil qilishda Interpol va EUROPOL tajribasi hamda ushbu tajribaning Oʻzbekiston uchun amaliy ahamiyati oʻrganilgan. Raqamli jinoyatchilikning global miqyosda oʻsishi va milliy chegaralarni tan olmasligi, bu borada xalqaro hamkorlikning muhimligini yanada oshirmoqda. Tadqiqot davomida Interpol va EUROPOL tomonidan ishlab chiqilgan raqamli dalillarni toʻplash, saqlash, tahlil qilish va almashish borasidagi protokollar, texnologiyalar va huquqiy mexanizmlar oʻrganildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda mavjud qonunchilik bazasi, institutsional tuzilmalar va texnik imkoniyatlar tahlil qilinib, xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston uchun raqamli dalillarni toʻplash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu tavsiyalar Oʻzbekistonda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, milliy xavfsizlikni taʼminlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.