Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA NUTQ SUBEKTINING IFODALANISHI

ABI

Аннотация

Nutq lingvistikasi nutq akti ishtirokchilari: adresant (nutq egasi) – nutq – adresat (o‘quvchi – tinglovchi) munosabatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi. Ammo nutqning ichki mazmunidan anglashiluvchi yana bir subyekt ham borki, uning ishtiroki har qanday nutqni samarali va natijali qiladi. Bu nutqqa ko‘chgan, nutqning ichki struktura elementlari ma’nosidan anglashiladigan nutq subyektidir. Nutq egasi va nutq subyekti har qanday nutq (og‘zaki va yozma nutq)ning markaziy kategoriyasi sanaladi va nutqning xarakterini belgilaydi; ularning o‘zaro hamkorligi nutqning turli uslubiy ko‘rinishlari, nutq hosilalarini yuzaga chiqaradi. Shuning uchun nutq lingvistikasida nutq yaratuvchisi (egasi) va nutq subyekti munosabatlarini birga o‘rganish, ularning lingvistik xususiyatlarini tadqiq qilishni talab qiladi. Nutq lingvistikasida nutq egasi o‘zining fikrlari va his-tuyg‘ularini real vaziyatlarda qanday va qay tarzda ifodalashi muhim sanaladi. Shu ma’noda, nutq subyektining lingvistik xususiyatlarini ijodkorlar asarlari misolida o‘rganish dolzablik kasb etadi. Mazkur maqolada markaziy kategoriyalarining nutqda ifodalanishi masalasi Alisher Navoiyning “G‘aroyib-us sig‘ar” devoniga kiruvchi g‘azallar misolida o‘rganildi. Tahlillarda nutq subyektining qaysi til belgilari yordamida qanday tashkil etilishiga e’tibor qaratildi, nutq subyekti va jumla subyekti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Lirik asarlarda nutq egasi va lirik subyektning lirik “men”da ifodalanishi, ba’zan nutq egasi o‘zining lirik his-tuyg‘ulari bayonida II shaxs “sen”, ba’zan III shaxs “u” olmoshlariga murojaat qilishi, ularning субъект mazmuni (нутқ эгаси ва жумла субъекти) ochib berildi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба