Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

YO‘L HARAKATI QOIDABUZARLIGI HOLATLARINI SURISHTIRISH JARAYONIDA MANSABDOR SHAXSLAR NUTQ AKTLARINING PRAGMATIK TAHLILI

Farkhod AbdullayevLegal Support Department
ABI

Аннотация

Maqolada AQSh yo‘l patrul politsiyachisi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l patrul-xizmati xodim (keyingi o‘rinlarda — YPX xodimi)larining avtotransport vositasi haydovchisi bilan qoidabuzarlik yuzasidan amalga oshirgan suhbatlari nutq aktlari asosida o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi AQSh yo‘l patrul politsiyachisi va YPX xodimi nutqida taʼsirchanlikning ortishiga xizmat qilgan nutq aktlarining qo‘llanish sabablarini yoritishdan iborat. Maqolada muammo tavsiflovchi-sifatlovchi metod asosida tadqiq qilindi AQSh yo‘l patrul politsiyachisi va YPX xodimi surishtiruv jarayonida qo‘llagan jumlalar manba sifatida olindi. Jumlalarni nutq aktlari bo‘yicha tahlil qilishda J. Syorlning nazariyasiga tayanildi. Surishtiruvlarda nutq aktining reprezentativ, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ turlari uchradi. Natijalar reprezentativ nutq akti muloqotda faol ekanligini ko‘rsatdi. Direktiv nutq aktining surishtiruv, aniqlik kiritish va tasdiqlash savollarida qo‘llanishi zarur maʼlumotlar yuzaga chiqarishga imkon bergan. Shu bilan birga, haydovchilar reprezentativ nutq aktini maʼlumot berish, tushuntirish, tavsiflash, tasdiqlash yoki rad etish maqsadida qo‘llagan. Har ikki tomon javobgarlik masalasini his qilgan holda fikrni aniq bayon qilishga intilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар