Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

AVTOMOBIL GRUNTOVKALARIDA BAZALT TOLASINING QO‘LLANILISHI: ISTIQBOLLI TADQIQOTLAR VA KELAJAK YO‘NALISHLARI

Techscience.uz.journal2025uz
ABI

Аннотация

Bazalt tolasi o‘zining yuqori mexanik mustahkamligi, termik va kimyoviy chidamliligi, ekologik tozaligi hamda iqtisodiy samaradorligi tufayli avtomobil gruntovkalari uchun istiqbolli mustahkamlovchi material sifatida e’tirof etilmoqda. Bu xususiyatlar majmuasi uni nafaqat mexanik mustahkamlikni oshirish, balki ekologik talablarga javob berish va iqtisodiy jihatdan maqbul yechim sifatida ham ko‘rib chiqish imkonini beradi. Mazkur ishda bazalt tolasining avtomobil gruntovkalari uchun ahamiyatli xususiyatlari, uni gruntovka matritsalariga kiritish usullari (jumladan, sirtni modifikatsiyalash va dispersiyalash texnologiyalari) hamda bunday kompozitsion qoplamalarning ekspluatatsion xossalari mavjud ilmiy manbalar asosida o‘rganilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

Кўрсаткичлар — AkademScholar · Тез орада