TARMOQLARNI QURISHDA QO‘LLANILADIGAN ARXITEKTURALAR
Аннотация
Maqolada zamonaviy tarmoqlarni qurishda qoʻllaniladigan arxitekturalar va ularning asosiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Tarmoq arxitekturasi tizimlarining rivojlanishi, OSI va TCP/IP kabi asosiy modellar, shuningdek, bulutli texnologiyalar, IoT (Internet of Things) va maʼlumotlar uzatishning zamonaviy usullari oʻrganilgan. Tarmoq arxitekturalarini loyihalashda qoʻllaniladigan protokollar, xavfsizlik choralari va tarmoqni optimallashtirish usullari haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan. Maqolada, shuningdek, raqamli infratuzilmani rivojlantirishda tarmoq arxitekturalarining oʻrni va kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari tarmoq tizimlarini qurish va boshqarishda samarali yechimlarni taklif qilishga qaratilgan.