OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA OID FANLARDAN TO‘GARAKLARNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK MODELI
Аннотация
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalariga oid fanlardan talabalar to‘garaklarini tashkil etishning pedagogik modeli tahlil etilgan. Talabalar to‘garaklarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishdagi roli, ularning kasbiy tayyorgarlik jarayoniga ta’siri va pedagogik jihatlari muhokama qilinadi. Ilmiy to‘garaklarning samarali tashkil etilishi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini oshirish, ularning ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada ilmiy to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha mavjud adabiyotlar tahlili hamda ilg‘or tajribalar o‘rganilgan bo‘lib, pedagogik model asosida takliflar ilgari surilgan.